Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Bugun, 30-avgust sanasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 2023/2024 o‘quv yili: talabalarga yaratilgan imkoniyatlar va rejalar borasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda dastlab, jurnalist va blogerlar universitet Axborot resurs markazi va auditoriyalarning yangi o‘quv yiliga shayligi holati bilan tanishdi. Matbuot anjumanida universitet rektori B.Mardonov barchani Mustaqillik bayrami bilan tabriklar ekan, o‘quv yili oldidan ko‘rilgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalar xususida batafsil gapirib o‘tdi.

Mas’ul rahbar jurnalistlarning talabalarni yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlash, xorijiy hamkorlik, mutaxassis kadrlarning bilim saviyasi hamda ularni ish bilan ta’minlash masalalari borasidagi qator savollariga atroflicha javob berdi.

Кўрилганлар сони: 580