Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Zarafshon shahrida Navoiy viloyat prokurori B.Ahmedov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i A.Tasbayev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig'i A.Botiraliyev, shahar hokimi o'rinbosari O.Hakimov, tegishli tashkilot rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari ishtirokida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni manzilli tashkillashtirish, huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va unga imkon berayotgan shart-sharoitlarini barvaqt  aniqlab, ularni bartaraf etish bo'yicha profilaktik ishlar samaradorligini yanada oshirish lozimligi tushuntirildi.

Mas'ullarga ko'rilgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Кўрилганлар сони: 776