Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ
IFTORLIK DASTURXONI YOZILDI

31.03.2023 15:55:54


Ramazon oyida ro‘zadorlarga iftorlik qilib berish, muhtojlarga xayru sadaqalar ulashish ezgu va savobli amallardan sanaladi.

“Navoiyuran” davlat korxonasi rahbariyati tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan xayrli tashabbusga qo‘l uruldi. Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-mart kuni qabul qilingan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda Ramazon oyi munosabati bilan mahallalardagi nogiron, kam ta’minlangan fuqarolar uchun iftorlik dasturxonlarini tashkil etish bo‘yicha jadval tasdiqlandi.

Ushbu rejaga asosan Navoiy shahridagi “Tanho” restoranida
o‘zgalar ko‘magiga muhtoj, nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz taklif etilib, dasturxon yozildi.

Кўрилганлар сони: 722