Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ
HOKIM SANOAT ZONASIDA

07.02.2023 14:42:59


Qiziltepa tumani hokimi U. Fayziyev M-37 xalqaro yo‘li bo‘yida tashkil etilayotgan va 5 gektar maydon ajratilgan "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lib, ushbu hududda loyihalarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida har bir tadbirkor bilan suhbatlashgan U. Fayziyev ularning muammo va takliflarini tinglab, loyihalarni ishga tushirishni tezlashtirish bo‘yicha qat’iy topshiriq berdi. Shuningdek, ushbu uchrashuvda tumandagi tegishli tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi va ularga tadbirkorlarning muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishliligicha topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun: ushbu sanoat va tadbirkorlik zonasida jami qiymati 51,2 milliard so‘mli 43 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 300 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Loyihalarning 34 tasi sanoat yo‘nalishida, 9 tasi xizmat ko‘rsatish sohasida bo‘lishi belgilangan.

Кўрилганлар сони: 1098