Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Har yili 9-fevral Oʻzbekistonda ulugʻ mutafakkir shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy hazratlarining tavallud topgan kuni sifatida keng nishonlanadi. Uning bebaho ijodiy merosi nafaqat yurtimizda, balki jahon adabiyot sahnasida alohida oʻringa ega.

Gʻazal mulkining sultoni tavalludi sanasi arafasida turli gʻazalxonlik kechalari, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar oʻtkazilib ijodiga alohida hurmat koʻrsatiladi.

Markaziy harbiy okrugi Navoiy garnizonidagi Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida ham xuddi shunday ijodiy uchrashuv tashkil etildi. “Alisher Navoiy ijodi haftaligi” doirasida Navoiy shahridagi Koʻzi ojizlar kutubxonasi xodimlari va kitobxonlari bilan hamkorlikda boʻlib oʻtgan uchrashuvda muddatli harbiy xizmatchilar Alisher Navoiy gʻazallaridan namunalar tinglandi.

Кўрилганлар сони: 852