Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan apparat yig‘ilishida ijro intizomini mustahkamlash, og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda hududiy eksport rejasini bajarish kabi dolzarb masalalar muhokama qilinib, topshiriqlar ijrosi bo‘yicha mas’ullarning hisoboti tinglandi.
Viloyat hokimi N. Tursunov raisligida shahar va tumanlar hokimliklari bilan videokonfrensaloqa shaklida o‘tgan yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar ijrosini ta’minlashdagi qoloqlik holatlari tanqid qilindi.
Xususan, bu boradada sustkashlik qilgan hokim o‘rinbosarlari, sektorlar rahbarlari qat’iy ogohlantirilib, ayrim mas’ullarga hayfsan intizomiy jazo chorasini qo‘llash belgilandi.
Shuningdek, vazifalarni bajarish bo‘yicha muddatlar belgilanib, topshiriqlarga sovuqqonlik bilan qaragan mansabdor shaxslarning lavozimda qolish yoki qolmaslik masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Кўрилганлар сони: 759