Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Ko‘rgazmali seminar-trening Tabiat resurslari vazirligi hamda "Zamin" Xalqaro jamoat fondi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy shahri hokimi M.Egamqulov, viloyat ekologiya boshqarmasi mas’ullari, shahar va tumanlar ekologiya bo‘limlari mutaxassislari, Obodonlashtirish boshqarmasi, O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda o‘rmonchilik sohasi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminar-treningda “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, ekilgan daraxtlarni parvarishlash, har xil zararkunandalardan himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan har bir hudud iqlimiga mos daraxt va buta ko‘chatlari turlarini tanlash, ekish, to‘g‘ri parvarishlash, kasalliklardan himoya qilish yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi.

Кўрилганлар сони: 949