Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi “Burqut” mahallasi infratuzilmasini yaxshilash va namunaviy mahallaga aylantirish yuzasidan qilinayotgan qurilish–bunyodkorlik ishlariga start berishda ishtirok etdi.

Mahallaning umumiy ta’mirlanishi rejalashtirilgan yo‘li 4,1 kilometr bo‘lib, 1,7 kilometri asfaltlanib, 2,4 kilometriga esa shag‘al yotqiziladi.

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida umumiy tortiladigan elektr uzatish tarmog‘i 3,0 kilometr bo‘lib, 1 dona yangi transformator, elektr uzatish tarmog‘i tayanchlari 88 dona o‘rnatiladi hamda 1 dona transformator joriy ta’mirlanadi.

Tashrif davomida viloyat rahbari mahallaning nuroniylari, qurilish- bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etayotgan ishchi-xodimlar bilan suhbatlashdi.

Кўрилганлар сони: 864