Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda mazkur universitet faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha boshqaruv kengashi raisi, “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi - Bosh direktori Q.Sanaqulov soʻzga chiqib, bu yilgi oʻquv yilini 689 nafar bakalavr va 88 nafar magistr tamomlaganligini taʼkidladi.

Shuningdek, tadbirda “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktori J.Xasanov ham ishtirok etib, noyob va radioaktiv metallar rudalarni qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi, energetika, elektr energetikasi, kimyoviy texnologiya kabi ixtisosliklar boʻyicha tamomlagan 51 nafar bakalavriat va 2 nafar magistratura yoʻnalishlari bitiruvchilariga diplomlarni topshirdi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu bitiruvchilar “Navoiyuran” davlat korxonasida bitiruv oldi amaliyotini oʻtashdi va korxonaga oʻz mutaxassisliklari boʻyicha ishga joylashtiriladi.

Кўрилганлар сони: 630