Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi, O‘zbekiston ekologik partiyasi va "Yuksalish" umummilliy harakatining viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi ekologik holatni o‘rganish maqsadida jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.

Jamoatchilik monitoringida ekologiya sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar, olimlar, ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi tadqiqotchilari tomonidan suv va tuproq tahlillari o‘tkazildi.
Olimlar tomonidan ko‘l atrofida bioxilmaxillikni rivojlantirish, cho‘l o‘simliklarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Monitoring davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.

Кўрилганлар сони: 1071