05.07.2023 17:05:56

Joriy yilning 1-may - 1-iyul kunlari Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarning holati yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganish davomida Uchquduq tumanida 6 nafar, Karmana, Xatirchi, Konimex tumanlarida 5 nafardan, Qiziltepa tumanida 4 nafar, Navoiy va Zarafshon shaharlarida 3 nafardan, Nurota va Navbahor tumanlarida 2 nafardan hamda Tomdi tumani 1 nafar masʼul shaxslar tomonidan hududlarda 2022-yil kuz va 2023-yil bahor mavsumi davomida ekilgan daraxt ko‘chatlari parvarishiga eʼtibor qilmaganligi va sug‘orilmaganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan hududlardagi 36 nafar masʼul shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3- qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 118 mln. 500 ming so‘m miqdorda jarima belgilandi.

Тендер савдолари
Тендерлар ва танловлар
Барча юридик ва жисмоний шахслар, чет эл инвесторлари диккатига!!!
Ижарага бериладиган объектлар
Навоий вилоят Ҳудудий танлов комиссияси танлов эълон қилади!
ҳокимлик билан Боғланиш
Тел.: 8 (436) 229-6206
info@navoi.uz
Ўзбекистон Республикаси,
Навоий вилояти, Навоий ш.,
Халқлар Дўстлиги кўчаси, 77а