Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

“Navoiyuran” davlat korxonasida joriy yilning mart oyida “CERT INTERNATIONAL” Xalqaro sertifikatlashtirish organi tomonidan Xalqaro standartlar ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001 talablariga asosan sertifikatlashtirish auditining birinchi bosqichi va aprel oyining so‘nggida ikkinchi bosqichi o‘tkazilgan edi.

Audit so‘nggida kompaniya tomonidan “Navoiyuran” davlat korxonasi, xalqaro standartlar ISO 9001, ISO 14001, ISO 45001 talablariga muvofiq "Integratsiyalashgan Boshqaruv Tizimi" Xalqaro Sertifikatiga loyiq deb topildi.

Bugun “Navoiyuran” davlat korxonasi bosh direktori J.Xasanov mazkur xorijiy tashkilot vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida xalqaro tashkilot auditori A.Alimov tomonidan ushbu xalqaro va milliy sertifikatlar korxona rahbariga topshirildi. Tadbirda so‘z olgan mehmon sertifikat talablari bundan keyin ham to‘liq bajarilishiga ishonch bildirdi va korxonaning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Кўрилганлар сони: 864