Navoi.uz

вилоят ҳокими
қабулига
ёзилиш

БАТАФСИЛ

Шаҳар ва туман
ҳокимларига
мурожаат

БАТАФСИЛ

Интерактив
давлат
хизматлари

БАТАФСИЛ

Ayni kunlarda Navoiy shahridagi “Sug‘diyona” sport saroyida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Q. Tursunov hamda viloyat prokurori Sh. Aminovlar so‘zga chiqib, mamlakatimizda sportga, xususan, kurashni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, mazkur sport turining dunyo miqyosida ham nufuzi ortib borayotgani, jahon arenalarida bayrog‘imizni baland ko‘tarayotgan yoshlarimiz faxr-iftixorimizga aylanganini ta’kidladilar.
Aytish joizki, mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan 800 nafarga yaqin polvon jami 15 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda. Xususan, erkaklar yettita, ayollar esa sakkizta vaznda murosasiz bellashuvlarni davom ettiryapti.
Mamlakat terma jamoalariga eng munosib nomzodlarni saralab olish maqsadida tashkil etilgan chempionatning birinchi kuni erkaklar o‘rtasida 60 va 66, ayollar orasida 48, 52 hamda 57 kilogrammgacha, ikkinchi kuni esa 6 ta vazn toifasida O‘zbekiston chempionlari aniqlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida polvonlarimiz yana to‘rt vazn toifasida gilamga tushadilar. Bugun musobaqaning yakuniy taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

O‘z muxbirimiz.

Кўрилганлар сони: 4053